Kecha tunda Ukraina tomonidan Moskva shahriga qarshi ommaviy dronlar hujumi uyushtirilgan. Rossiya tomonining da’vo qilishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari 1,600 tadan ortiq uchuvchisiz uchish apparatini, jumladan Moskvani nishonga olgan 450 ta dronni urib tushirgan.
Zarbalar oqibatida Moskva shahrining eng yirik Kapotnya neftni qayta ishlash zavodi hamda turar-joy binolari shikastlangan. Moskva viloyatida kamida 2 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, xavfsizlik chorasi sifatida 400 nafar aholi evakuasiya qilingan. Hujumlar fonida poytaxt ayeroportlarida vaqtinchalik parvoz cheklovlari joriy etilgan.
Moskva meri Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Moskva tomon uchayotgan 61 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgan.