Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina Donbasda bufer zonasi yaratishga rozilik bermagan — Prezident maslahatchisi

Ukraina Donbasda bufer zonasi yaratishga rozilik bermagan — Prezident maslahatchisi

Ukraina prezidentining kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Litvinning ta’kidlashicha, Le Monde nashrida tarqalgan «Ukrainaning Donbasda bufer zonasi yaratishga rozi bo‘lgani» haqidagi ma’lumot haqqoniy emas.

Litvinning aytishicha, Mixail Podolyak faqat muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan nazariy modellar haqida gapirgan, ammo Ukraina bu masalada hech qanday qaror qabul qilmagan.

«Bunday masalalar faqat eng yuqori siyosiy darajada yoki Ukraina xalqi tomonidan hal qilinadi. Prezident kecha buni ochiq ta’kidladi», — dedi Litvin.

Eslatib o‘tamiz, kecha Vladimir Zelenskiy hududlarni Rossiyaga topshirish masalasi faqat referendum orqali hal qilinishi mumkinligini bildirgan edi.

Kiritildi: 15:18 12.12.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!