Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Ushakov Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muloqoti yakunlari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:
▪️Oq uy rahbari Ukrainadagi harbiy harakatlarni yakunlash masalasiga alohida urg‘u berdi;
▪️Tramp mojaroni hal qilish uchun G‘arb va Kiyevga ta’sir o‘tkazishga tayyorligini bildirdi;
▪️Tomonlar Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyadagi fuqarolik ob’ektlariga bergan zarbalari tinchlik jarayoniga xizmat qilmasligini ta’kidladi;
▪️Tramp AQShning Eron bilan muzokaralari natijalari bugun e’lon qilinishi mumkinligini aytdi.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, suhbat qariyb bir soat davom etgan, norasmiy ruhda va hazillar bilan o‘tgan.