Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

UFC: Ramazon Temirov raqibini nokaut qildi, Guskov sobiq chempionga yutqazdi (video)

UFC: Ramazon Temirov raqibini nokaut qildi, Guskov sobiq chempionga yutqazdi (video)

BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night 282 turnirida o‘zbekistonlik ikki sportchi oktagonga ko‘tarildi.

Musobaqaning asosiy jangdan oldingi bahsida o‘ta yengil vazn toifasi vakili Ramazon Temirov avstraliyalik Stiv Ersegga qarshi jang qilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Shu tariqa, 29 yoshli Temirov o‘zining 22-jangida 20-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 30 yoshli Erseg esa 19-jangida 5-marotaba mag‘lubiyat alamini tortdi.

Oqshomning markaziy jangida esa yarim og‘ir vazn toifasida reytingning 10-pog‘onasida borayotgan Bogdan Guskov rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalayev bilan kuch sinashdi. Aslida Ankalayevga qarshi Halil Rountri oktagonga chiqishi kerak edi, biroq uning jarohati sabab markaziy to‘qnashuvda ishtirok etish imkoniyati Guskovga taqdim etildi.

Besh raund etib belgilangan jangning so‘nggi raundida reyting peshqadami Ankalayev o‘zbekistonlik sportchini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi. Bu 33 yoshli angrenlik Guskov uchun faoliyatidagi 23-jangida qabul qilingan 4-mag‘lubiyat bo‘ldi. Magomed Ankalayevning umumiy rekordi esa ushbu g‘alabadan so‘ng 22-3-1 ko‘rinishiga keldi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: Bugun 09:41. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!