14 iyunga belgilangan Oq Uydagi UFC turniri ishtirokchilari liganing rasmiy hamkorlaridan biri – "Crypto" birjasi tomonidan kriptovalyutada to‘lanadigan umumiy qiymati bir million dollarlik qo‘shimcha bonuslarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu summa joriy yilning yanvar oyidan boshlab 100 000 dollarni tashkil etuvchi an’anaviy bonuslarga qo‘shimcha ravishda alohida "performans" ko‘rsatgan ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
Ayni paytda Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan kecha yetti jangdan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi titul maqomiga ega.
Oqshomning markaziy to‘qnashuvida yengil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va vaqtinchalik chempion Jastin Getji kurash olib borsa, "Co-main event" jangida Aleks Perreyra va Siril Gan og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o‘zaro oktagonga ko‘tariladi.