Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimining uyidan 40 million dollarlik 303 ta oltin quymasi topildi

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimining uyidan 40 million dollarlik 303 ta oltin quymasi topildi

Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Devid Rash oltinlarni Virjiniyadagi uyida saqlagan. Tintuv paytida FQB shuningdek, 2 million dollarga yaqin naqd pul va 35 ta lyuks toifasidagi soatlarni ham topgan.

Tergovning hisoblashicha, Devid Rash oltin va xorijiy valyutalarni go‘yoki xizmat xarajatlari uchun deb talab qilib olgan, shuningdek, yillar davomida o‘zining ma’lumoti va harbiy xizmati haqida yolg‘on gapirib kelgan, deyiladi nashr xabarida.

The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, Rash razvedka operasiyalari uchun texnik vositalar bilan shug‘ullanadigan bo‘linma - Markaziy razvedka boshqarmasining Fan va texnologiyalar boshqarmasida ishlagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sxema bir vaqtning o‘zida oddiy va deyarli kinoga o‘xshash bo‘lgan. 2025 yil noyabridan 2026 yil martigacha Rash o‘z ish beruvchisidan bir necha bor xorijiy valyutada katta miqdordagi mablag‘lar va o‘n millionlab dollarlik oltin quymalarini so‘ragan. U buni "xizmat xarajatlari" bilan izohladi.

Hozirda Devid Rash AQSh Marshallar xizmati hibsxonasida saqlanmoqda. U dastlabki tinglovdan bosh tortgan va hibsga olish bo‘yicha sud majlisi 5 iyunga belgilangan.

Kiritildi: Bugun 12:52. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!