Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

"Mundialdan so‘ng skautlar nigohi O‘zbekistonga qaratiladi"

"Mundialdan so‘ng skautlar nigohi O‘zbekistonga qaratiladi"

Jahon chempionati har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.

Mundial orqali har bir futbolchi o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsatishga intiladi. Tabiiyki, bu orqali kuchli klublar nazariga tushish osonroq. "Srvena Zvezda" va "Paxtakor" sobiq himoyachisi Boyan Miladinovich bu borada o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Jahon chempionati katta reklama maydoni ham hisoblanadi. Har bir futbolchi o‘zini yaxshi ko‘rsatadi. Shomurodov, Husanov, Fayzullayev kabi nomlarni butun dunyo yodlab olgan. Yana bir qancha mahoratli futbolchilar borligi shubhasiz. Aynan bu mundialdan so‘ng butun dunyo agentlari, klublarning skautlarining nigohi O‘zbekistonga, chempionatga qaratiladi deb o‘ylayman. Ular ijobiy ma’noda boshqacha qarashni boshlashadi. Yangi Shomurodov, Husanovlar qidiriladi. Bu mamlakatda qanday texnik ijrochilar borligini ko‘rib olishadi. Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi kuchli tomonlarini ommmaga namoyon qilishini tilab qolaman", – deydi Boyan Miladinovich.

Kiritildi: 23:43 29.05.2026. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!