Madridning "Real" klubi bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan Joze Mourinyo hozirda "Komo" a’zosi bo‘lib turgan Nikolas Pasning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi.
Marca xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis "qirollik klubi" rahbariyatidan 21 yoshli argentinalik iqtidorni shu yozdayoq qaytarishni so‘ragan.
Endi "Real" 9 million yevroga Transfermarkt portali 80 million yevroga baholayotgan yulduzni qaytarib oladi.
Hujumkor yarim himoyachi o‘tgan mavsumda jami 40 ta o‘yinda 13 ta gol urib, 8 ta assist muallifi bo‘ldi.