Mamlakat BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish devoni bilan munosabatlarni to‘xtatishini e’lon qildi. Bunga avvalroq Isroil muassasalarining mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonliklar tufayli BMTning "qora ro‘yxati"ga kiritilgani sabab bo‘ldi.
Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ushbu ro‘yxatdan HAMAS va boshqa terrorchi guruhlar ham joy olgan.
"Idoralarimizning "qora ro‘yxat"ga kiritilishi ma’naviy sharmandalik va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga bo‘lgan har qanday ishonchning butunlay barbod bo‘lishidir. Isroil vakolatxonasi Guterrish lavozimida qolar ekan, Bosh kotib devoni bilan bundan keyin o‘zaro munosabat o‘rnatmaydi", — deb bayonot berdi mamlakatning BMTdagi elchisi Denni Danon.
Xabar qilinishicha, 2026 yilgi ro‘yxatga Isroil qamoqxonalar xizmati kiritilgan.
Mamlakatning boshqa idoralari ham kuzatuv ostida turibdi. Guterrish hali 2025 yilning avgust oyidayoq Isroilga ro‘yxatga "kiritilishi mumkinligi"ni ko‘rsatib o‘tgan va tizimli zo‘ravonlik ayblovlari yuzasidan "jiddiy xavotirlar" borligini aytgan edi.
Isroil ayblovlarni rad etmoqda hamda BMT vakillari va mamlakat delegasiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ko‘plab muzokaralarga tayanmoqda.