Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb X ijtimoiy tarmog‘ida "Vaziyat alyans ichida muhokama qilinmoqda", — deb yozdi, biroq boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham X platformasida hodisani qoraladi.
Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi hodisa sabab Rossiya elchisini chaqirtirdi. Mamlakat Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Radu Mirutse NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali muloqot qilgan. U Buxarest Dobruja hududida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilayotganini aytgan. Bu choralar Ruminiya Mudofaa vazirligi buyurtma qilgan dronlarga qarshi tizimlar yetkazib berilgunga qadar amal qilishi kerakligi ta’kidlangan. Ammo qanday xavfsizlik choralari nazarda tutilgani ochiqlanmagan.
Ruminiya tashqi ishlar vaziri Oana Soyu esa NATO nizomining 4-moddasi asosida maslahatlashuvlar boshlanishi mumkinligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu modda alyans a’zolaridan biri o‘z hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligiga tahdid mavjud deb hisoblaganda qo‘llanadi va ittifoqchilar o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilishini nazarda tutadi. Bu NATO tarixida 4-modda qo‘llanayotgan o‘ninchi holat hisoblanadi.