Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Toshkent shahrida yirik professional boks oqshomi o‘z nihoyasiga yetdi.

Kechaning markaziy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi, ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tarildi.

"Kaka"ga musobaqa doirasida Venesuela vakili Egli Moskeda raqib bo‘ldi.

Yarim yengil vazn toifasida kechgan 10 raundlik bellashuvda Ahmadaliyev raqibini to‘rtinchi raundda texnik nokaut orqali muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Murodjon Ahmadaliyevning hisobida 15 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.

Kiritildi: 23:42 29.05.2026. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!