Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

UYEFA rahbari Ukrainadagi mojaro sabab Rossiya va AQSh muzokaralar o‘tkazayotgani haqida fikr bildirdi

UYEFA rahbari Ukrainadagi mojaro sabab Rossiya va AQSh muzokaralar o‘tkazayotgani haqida fikr bildirdi

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Ukrainadagi mojaroning to‘xtatilishi bo‘yicha muzokaralar haqida fikr bildirdi.

“Evropa Ittifoqi vakillari ma’lum vaqt davomida Rossiya bilan Ukraina mojarosini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormasliklarini ta’kidlab kelishdi. O‘sha yevropalik siyosatchilar AQSh Rossiya bilan ular bilan maslahatlashmagan holda muzokara olib borayotganidan hayratda.

Evropa yetakchilari vaziyat qanchalik xavfli ekanini va Yevropa Ittifoqining manfaatlari yo‘lida zudlik bilan tinch muloqotga tayyor bo‘lishlari zarurligini tushunyaptimi yoki yo‘qmi, bilmayman.

Ular shaxsiy manfaatlariga xizmat qilish uchun emas, balki Yevropa Ittifoqi fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish uchun shu yerda.

Meni Yevropa butun dunyoga o‘zining eng yaxshi ekani haqida dars berayotgani tashvishga soladi. Yevropadagi migrantlar ideal holatda emas, ularning inson huquqlari to‘liq ta’minlanmagan, biroq biz butun dunyoga demokratiya haqida ma’ruza o‘qimoqdamiz” deya Cheferinning so‘zlarini keltirmoqda Delo.Si.

Avvalroq Cheferin ayrim siyosatchilar Rossiya U-17 jamoalarini xalqaro maydonga qaytarishga to‘sqinlik qilganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning barcha jamoalari, shu jumladan milliy terma jamoalar, 2022 yil fevral oxiridan boshlab Ukrainadagi urush tufayli FIFA va UYEFA qarori bilan xalqaro turnirlardan chetlatilgan.

Kiritildi: 10:45 24.02.2025. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!