Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Superliganing amaldagi chempioni "Neftchi" kelasi mavsumda ham o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ymoqda.

Xabarlarga ko‘ra, farg‘onaliklar OKMKning joriy mavsumdagi eng sermahsul futbolchisi Xurshid G‘iyosov transferini hal qilgan. Shuningdek, Eronning "Traktor" safida harakat qilayotgan Odil Hamrobekov bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Jarohatidan forig‘ bo‘lganidan so‘ng "Fulad" safida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan O‘tkir Yusupovning ham transfer masalasi deyarli hal bo‘lgan. Voqealar rivojini kuzatib boramiz.

"Yo‘lbarslar" kelasi mavsumda Elit OCHLda munosib ishtirok etishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 16:27 14.12.2025. O'qildi: 13678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik