Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

UEFA Isroilni JChdan chetlata olmadi, ammo Isroilga sanksiya qo‘llaniladi

UEFA Isroilni JChdan chetlata olmadi, ammo Isroilga sanksiya qo‘llaniladi

Donald Tramp shaxsan FIFA rahbari Janni Infantinoga murojaat qilib, Isroilni Jahon chempionati saralashidan chetlatmaslikni so‘ragan.

Isroil terma jamoasi JCh saralashini yakunlaydi, biroq unga sanksiyalar qo‘llaniladi.

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) Isroil terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati saralash musobaqalaridan chetlatishga urinmaydi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bermoqda.

Biroq, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot sanksiyalar joriy etadi: ular faqat UEFA’ning bevosita nazorati ostidagi musobaqalarga taalluqli bo‘ladi.

Boshqacha aytganda, The Guardian nashri Isroil terma jamoasi Millatlar ligasining keyingi turnirida ishtirok eta olmasligini, Tel-Avivning «Makkabi» jamoasi esa joriy mavsumda Yevropa ligasidan chetlashtirilishini ta’kidlamoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shunday qaror qabul qilinadigan UEFA ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi shu hafta ichida o‘tkaziladi.

Jahon chempionati Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) homiyligida o‘tkaziladi, saralash musobaqasini tashkil etish esa UEFA’ning vakolati doirasiga kiradi. Hozirgi kunda Isroil terma jamoasi saralashning I guruhida 5 o‘yinda 9 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinda turmoqda. Undan oldinda Norvegiya (15 ochko, 5 o‘yin) va Italiya (9 ochko, 4 o‘yin) jamoalari bormoqda.

Juma kuni The Athletic portali AQSh Davlat departamentining nomi oshkor etilmagan xodimi bayonotini keltirdi. U «Isroil milliy terma jamoasini jahon chempionatidan chetlatishga qaratilgan har qanday urinishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish» niyatida ekanligini ta’kidladi. The Times xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantinoga aynan shu iltimos bilan murojaat qilgan.

Futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:32 29.09.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!