Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

UYEFA Isroilni chetlatish masalasini keyinroqqa surdi

UYEFA Isroilni chetlatish masalasini keyinroqqa surdi

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Isroil jamoalarini musobaqalardan chetlatish masalasidagi ovoz berishni vaqtincha kechiktirdi. Bu orada AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektoridagi mojaroni bartaraf etish uchun harakat qilmoqda, deb yozadi "Sky News".

Avvalroq shu hafta UYEFA ijroiya qo‘mitasi Isroil klublari va terma jamoalarini tashkilot homiyligidagi musobaqalarda qatnashishdan chetlatish masalasini muhokama qilishi mumkinligi xabar qilingan edi. Biroq kecha Tramp G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan 20 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qildi. Hozirda Isroil va HAMAS o‘rtasida kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib borilmoqda.

«Ayni paytda Yevropa futboli rahbarlari orasida Isroilga qarshi sport sanksiyalarini joriy etish tinchlik muzokaralari qizg‘in pallada noto‘g‘ri qadam bo‘ladi, degan fikr mavjud», — deb yozadi nashr.

Kiritildi: 22:27 30.09.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!