Hafta davomida Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off (o‘tish) bosqichining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlariga ko‘ra, UYEFA hafta ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Unga quyidagi futbolchilar kirdi:
Kobel («Borussiya») –Ryuerson («Borussiya»), Sanches («Galatasaray»), Byorn («Nyukasl»), Grimaldo («Bayer»), Sara («Galatasaroy»), Tchuameni («Real»), Dzolis («Bryugge»), Due («PSJ»), Gordon («Nyukasl»), Xyog («Budyo-Glimt»).
Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U «Qorabog‘»ga qarshi safar o‘yinida poker (bitta o‘yinda 4 ta gol) qayd etdi. «Qarg‘alar» Ozarbayjonda 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.