Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati IIB xodimi jinoyat ishini yopish uchun 13 000 dollar pora olgan paytda ushlandi;

Angrenda Qo‘riqlash xizmati safdor xodimi fuqaroni ishga joylashtirish uchun 1000 dollar olgan holda qo‘lga tushdi;

➖ IIV Migrasiya va personallashtirish Departamenti “Toshkent” xalqaro aeraportida pasport-viza bo‘limi katta inspektori 400 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u 42 nafar chet el fuqarolaridan 300-700 dollardan olib, ularga chiqish vizasini hamda 8 nafar O‘zbekiston fuqarolariga hamroxliq qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 200-400 dollar olgan.

Hozirda ushbu qonun himoyachilariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:31 12.08.2025. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!