Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiyi Igor Kolivanov O‘zbekiston terma jamoasiga Jahon chempionati–2026da ishonmasligini aytib o‘tdi.

JCH-2026 qur’asi 5 dekabr, juma kuni AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan o‘rin oldi. Bu guruhning yana bir ishtirokchisi pley-off bosqichi g‘olibi (DR Kongo, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya) bo‘ladi.

«O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhda syurpriz taqdim qila oladimi? U nimani kutishi mumkin?» — deb so‘rashdi Kolivanovdan.

«O‘ylashimcha, u hech narsaga da’vo qila olmaydi. Qandaydir syurpriz bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Albatta, ular kurashadi, juda harakat qilishadi. Lekin raqiblar darajasi sezilib turibdi», — deb javob berdi rossiyalik murabbiy.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!