Doneskning «Shaxtyor» va Italiyaning «Milan» klublari sobiq ustozi Paulu Fonseka AQShda Jahon chempionati o‘tkazilishiga qarshi chiqib, navbatdagi bor o‘z qarashlari siyosiylashganini namoyish etdi.
«Amerika prezidentining pozisiyasi shunday — eng zaif qatlamlarni e’tiborsiz qoldirish va faqat o‘z manfaatlarini oldinga surish. U odamlar haqida o‘ylamaydi. U faqat pul haqida o‘ylaydi. Haqiqiy futbol ishqibozlari va bu sportga sodiq insonlar AQShda emas, balki boshqa joyda musobaqalashishlari kerak», — deya Fonsekaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.