Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

Osiyo futbol konfederasiyasi 2026-yilning 14–31-may kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur tadbir 2026-yilning 12-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa g‘olibi sifatida 1-savatchadan o‘rin olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

Kiritildi: 23:45 15.01.2026. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!