Saudiya Arabistoni yashil maydonlari mezbonlik qiladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘smirlarimiz Shimoliy Koreya, Hindiston va Avstraliya terma jamoasi vakillari bilan bahs olib boradi. Terma jamoamiz ilk o‘yinini 6 may kuni Shimoliy Koreyaga qarshi "yulduzlar" stadionida o‘tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi. Ikkinchi turda esa 10 may sanasida asosiy arenada Hindiston o‘smirlariga qarshi maydonga chiqadi. O‘yin 20:00da boshlanadi. Hamyurtlarimiz so‘nggi turda yana "yulduzlar" stadionida avstraliyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv 13 may kuni 19:00da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, qit’a birinchi 5-22 kunlari bo‘lib o‘tadi.