Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘z nihoyasiga yetdi.
Finalda bosh sovrin uchun Yaponiya va Xitoy terma jamoalari bahs olib bordi. Gollarga boy va murosasiz kechgan uchrashuvda yapon futbolchilari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, “kunchiqar yurt” vakillari o‘z tarixida ikkinchi bor ushbu musobaqa g‘olibiga aylandi.