Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida to‘ydagi baland musiqa sababli 140 ta tovuq nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, to‘y karvoni ferma yonidan o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Tadbir davomida dijey musiqani juda baland ovozda qo‘ygan, bu esa tovuqlarning kuchli stress tufayli o‘limiga sabab bo‘lgan.
Ferma egasi allaqachon polisiyaga shikoyat qilgan.
«Shovqin shunchalik kuchli ediki, tovuqlar qo‘rqib ketishdi va nobud bo‘lishdi», — deb ta’kidladi u.
Polisiya musiqa tizimi ruxsat etilgan shovqin darajasidan oshib ketgan-ketmaganini o‘rganmoqda.
Ekspertlarning fikricha, yuqori intensivlikdagi tovush to‘lqinlari qushlar va hayvonlarda kuchli stressni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa ba’zan yurak to‘xtashiga olib keladi.