Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Xitoydagi depopulyasiya (aholi sonining kamayishi) ko‘lami 60 million kishiga yetishi mumkin. Bu butun boshli Fransiya aholisiga teng ko‘rsatkichdir. Bu haqda South China Morning Post nashri Rhodium Group tadqiqot guruhi rahbari o‘rinbosari Allen Fengning so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

«Mamlakatning eng rivojlangan provinsiyalarida aholi soni kamayishi kuzatilmoqda. Bu umumiy iste’mol darajasiga va kelajakdagi mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deydi ekspert.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, aholining kamayishi va qarishi iqtisodiyot uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, keksa yoshdagi fuqarolarni parvarish qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun davlatdan yanada ko‘proq mablag‘ talab etiladi, mehnatga layoqatli qatlam esa yildan yilga kamayib boradi.

Kiritildi: Bugun 10:52. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!