«Fransiya, Italiya, Polsha, Germaniya va Buyuk Britaniyadan iborat beshta Yevropa davlati (E5), shuningdek, Yevropa institutlari Rossiya, Ukraina va AQSh bilan muzokaralarda Yevropa nomidan vakillik qiladi. Gap Ukrainadagi tinchlik, Polsha va butun Yevropaning xavfsizligi haqida ketmoqda. Bu bizning davrimiz», — deb yozdi Tusk X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarda Yevropa nomidan Yevropa Ittifoqi rahbariyati va «xohlovchilar koalisiyasi» tarkibiga kiruvchi beshta davlat — Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya vakillari ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.