Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

To‘rt nafar turkmanistonlik sportchi Xarbin qishki Osiyo o‘yinlaridan chetlashtirildi

To‘rt nafar turkmanistonlik sportchi Xarbin qishki Osiyo o‘yinlaridan chetlashtirildi

Turkmanistonning 4 nafar sportchisi Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlaridan chetlatildi.

Erkaklar o‘rtasidagi guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvida Turkmaniston terma jamoasi Xitoyning Gonkong terma jamoasi bilan uchrashdi va 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yin yakunida ikki jamoa o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi, natijada gonkonglik uch nafar xokkeychi yengil jarohat oldi.

Xalqaro xokkey federasiyasi (IIHF) jangda ishtirok etgan 4 nafar turkman xokkeychisining harakatini ataylab qilingan hujum deb baholadi va ularni Osiyo o‘yinlarining qolgan qismidan butunlay chetlashtirdi.

Shu bilan birga, Gonkong maxsus ma’muriy hududi rahbari Jon Li Kachxiu mushtlashuvni qattiq tanqid qildi.

Kiritildi: 19:25 11.02.2025. O'qildi: 1889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!