Turkiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Izmir viloyati Aliaga tumanidagi HABAŞ metallurgiya zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetgan, yana 13 kishi jarohatlangan. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Erdo‘g‘on halok bo‘lgan ishchilarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilagan.
Turkiya prezidenti hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tergov boshlanganini ham qayd etgan.