Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiyada vertolyot halokatga uchrashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot halokatga uchrashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Malatya viloyati Yeshilyurt tumanidagi Samankyoy hududida S-70 rusumli harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda TRT Haber telekanali tayanib xabar berdi.

Turkiyaning Malatya viloyati Yeshilyurt tumanidagi Samankyoy hududida S-70 rusumli harbiy vertolyot halokatga uchragan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish ekipajlari, tez tibbiy yordam brigadalari hamda Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi (AFAD) xodimlari jalb etilgan.

Hududda yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilgan.

Ayni vaqtda halokat joyida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:00 13.11.2026. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik