Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada sobiq vazir hibsga olindi

Turkiyada sobiq vazir hibsga olindi

Turkiyaning sobiq oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betyul Sayan Kaya hibsga olindi.

Kaya kapital bozori to‘g‘risidagi qonunni buzish hamda jinoyat sodir etish maqsadida tuzilgan tashkilotga a’zolikda gumon qilinmoqda.

Prokuraturada 2 soat 15 daqiqa davom etgan so‘roqdan so‘ng Kaya sudya huzuriga olib borilgan. Sudya unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.

Sobiq vazirning turmush o‘rtog‘i Ilyos Kaya hamda Kapital bozorlari kengashining sobiq raisi Ibrohim O‘mer Gyonyul ham xuddi shu jinoyatlarda ayblanmoqda. Ularga nisbatan mamlakatdan chiqishni taqiqlash va qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Qayd etish joizki, Fatma Betyul Sayan Kaya 2016–2018 yillarda vazir lavozimida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 10:00 06.11.2026. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik