Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada PKKga aloqadorlikda gumon qilingan 282 kishi hibsga olindi

Turkiyada PKKga aloqadorlikda gumon qilingan 282 kishi hibsga olindi


Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi aksilterror operasiyasi davomida PKK terror tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 282 kishi qo‘lga olindi.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, operasiya besh kun davomida Turkiyaning 51 viloyatida, jumladan Anqara va Istanbulda o‘tkazilgan.

Qo‘lga olinganlar terrorchilik tashkilotini moliyalashtirish, jangarilarni yollash, tashviqot adabiyotlarini tarqatish, terrorizmni targ‘ib qilish va hokazolarda gumon qilinmoqda.

Hibsga olinganlardan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va elektron axborot vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi, deya qo‘shimcha qildi Yerlikaya.

Kiritildi: 13:23 18.02.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!