Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada FETO‘ga qarshi keng ko‘lamli operasiya: 119 kishi hibsga olindi

Turkiyada FETO‘ga qarshi keng ko‘lamli operasiya: 119 kishi hibsga olindi

Turkiyada FETO‘ terrorchilik tashkilotiga qarshi o‘tkazilgan keng ko‘lamli maxsus operasiyalar davomida mamlakatning 30 viloyatida jami 119 nafar gumondor hibsga olindi.

TRT Haber xabar berishicha, bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot bergan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hibsga olinganlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali FETO‘ targ‘ibotini tarqatgan va tashkilot safiga a’zo bo‘lgan. Shuningdek, ular FETO‘ bilan bog‘liq shaxslar va xayriya tashkilotlari orqali tashkilotga moliyaviy yordam ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.

Prokuratura barcha hibsga olinganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Kiritildi: 16:52 18.07.2026. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!