«Barselona» sport direktori O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Jamoa tarkibida yorqin debyut qilgan yosh o‘zbekistonlik himoyachi ayni damda zaxira o‘rindig‘ida muqim o‘rin egallagan. Avvalroq 21 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida Angliya klubini tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.
«Kamp Nou»da Husanovning nomzodini deyarli barcha qo‘llab-quvvatlamoqda. Deku uni «Barselona»ning kelajakdagi loyihasi uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘la oladi, deya hisoblamoqda. Uning o‘yin uslubi «ko‘k-anorranglilar» modeliga mos keladi: to‘pni yaxshi nazorat qiladigan va katta xalqaro tajribaga ega yosh himoyachi. Qolaversa, uning «shaharliklar» tarkibidagi holati futbolchini moliyaviy jihatdan foydali tarzda sotib olish imkonini beradi, bu esa Fair Play qoidalarini inobatga olganda muhim omil hisoblanadi.
«Barselona»ning g‘oyasi – klub moliyasiga tahdid solmaydigan futbolchini sotib olish. Avvaliga u avvalgidek sotib olish huquqi bilan ijaraga kelishi mumkin.
Ayni damda bu jiddiy qiziqish hali dastlabki bosqichda turibdi. Hammasi «Manchester Siti» qo‘yadigan shartlarga va futbolchining tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bir narsa aniq: «Barselona» bu transfer bozoridagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emas.