Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya va Qatar o‘zaro mudofaa kelishuvini imzoladi

Turkiya va Qatar o‘zaro mudofaa kelishuvini imzoladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Istanbulda o‘zaro mudofaa bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yetakchilar avval yakkama-yakka, so‘ngra delegasiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar Fors ko‘rfazi mintaqasida mojaro qayta boshlanishining oldini olish uchun hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Shuningdek, tinchlik va nizolarni hal etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Turkiya-Qatar Oliy strategik qo‘mitasining 12-yig‘ilishi doirasidagi uchrashuvdan so‘ng ikki davlat o‘rtasida turli sohalarni qamrab olgan beshta bitim imzolandi.

Kiritildi: 22:38 13.11.2026. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik