Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiya va Pokiston qaror qildi

Turkiya va Pokiston qaror qildi

Saudiya Arabistonida husiylarga qarshi qarama-qarshilik kuchayishi ortidan Turkiya va Pokiston qirollikka harbiy kuchlarini yuborishga qaror qildi.

Ma’lum qilinishicha, husiylar Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport, Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodi va boshqa ob’ektlarga hujumlar uyushtirganini bildirgan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalisiya esa Qizil dengiz sohilidagi Hudayda shahrida husiylarga tegishli qurol-yarog‘ omborlarini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘zaro mudofaa to‘g‘risidagi kelishuvni zudlik bilan amalga oshirishga kelishgan. Unga ko‘ra, kelishilgan harbiy kuchlar va vositalar Saudiya Arabistoni hududiga tezkor ravishda joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Uch davlat o‘rtasidagi o‘zaro mudofaa kelishuvi avgust oyi boshida tuzilgan. Hujjatga muvofiq, uch davlatdan biriga hujum qilingan taqdirda, qolgan ishtirokchilar uni himoya qilishi kerak.

Husiylar Yamanning katta qismini, jumladan poytaxt Sanoni nazorat qilib kelmoqda. Yaman hukumati esa 4 oktyabr kuni husiylarga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini ma’lum qilgan.

Turkiya va Pokiston qo‘shinlarining Saudiya Arabistoniga joylashtirilishi mintaqadagi harbiy vaziyat yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 20:22 06.10.2026. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!