Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Turkiya terma jamoasining sobiq a’zosi YTHda halok bo‘ldi

Turkiya terma jamoasining sobiq a’zosi YTHda halok bo‘ldi

Turkiyaning Samsun shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Ozarbayjon fuqarosi qo‘lga olindi.

Demirören axborot agentligining xabar berishicha, to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan motosikl haydovchisi Umut Jan Turan halok bo‘lgan.

Motosiklchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘tmishda badminton bo‘yicha Turkiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda esa kuryer bo‘lib ishlagan.

Xabarda qayd etilishicha, hodisa yuzasidan sobiq sportchining motosikli urilgan yuk mashinasi haydovchisi, Ozarbayjon fuqarosi Nodir S. qo‘lga olingan.

Kiritildi: Bugun 20:36. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!