Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an N’Golo Kantening Istanbulning "Fenerbaxche" klubiga o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
"O‘z nomimdan va klub nomidan prezident Erdo‘g‘anga futbolchining transferi muvaffaqiyatli amalga oshishiga sabab bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu ham "Fenerbaxche" uchun, ham umuman Turkiya futboli uchun foydali bo‘ladi", — deya klub prezidenti Sadettin Saranning so‘zlarini keltirmoqda "Fener" matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz:
Mashhur fransuz yarim himoyachisi so‘nggi ikki yil davomida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasida to‘p tepgan.
Jahon chempioni va Angliyaning ikki karra chempioni avvalroq Angliyada "Lester" va "Chelsi" klublari sharafini himoya qilgan.
Hozirda Kante 34 yoshda.
Ayni damda "Fenerbaxche" 46 ochko bilan Turkiya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Galatasaroy"dan uch ochkoga ortda qolmoqda.