Hodisa 3 fevral kuni Ummon shimolidan taxminan 30 km uzoqlikda sodir bo‘lgan.
Reuters ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning oltita qurollangan kateri Hormuz bo‘g‘ozida AQSh bayrog‘i ostida suzib ketayotgan Stena Imperative tankeriga yaqinlashgan. Eron katerlari tanker jamoasiga dvigatelni o‘chirishni buyurgan. Biroq Stena Imperative AQSh harbiy kemasi hamrohligida tezlikni oshirib, harakatni davom ettirgan.
Eron rasmiylarining bildirishicha, kema mamlakat hududiy suvlariga kirgan va ogohlantirishdan so‘ng "xavfsizlikka jiddiy zarar ko‘rsatmasdan" hududni tark etgan.
Reuters o‘z manbalariga tayanib, tanker Eronning hududiy suvlariga kirmaganini ta’kidlamoqda.
Tanker bilan sodir bo‘lgan voqeadan biroz vaqt o‘tgach, Amerikaning F-35C qiruvchi samolyoti Arabiston dengizida Amerikaning USS Abraham Lincoln aviatashuvchisiga qarata uchirilgan Eron dronini urib tushirdi.