Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Angliya Premyer-ligasining 24-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Turning markaziy uchrashuvida "Manchester Siti" "Tottenxem" mehmoni bo‘ldi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekdi. Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘yin yakunigacha maydonda harakat qildi. Uning maydondagi harakatlari "SofaScore" ekspertlari tomonidan 6.8 ball bilan baholandi. "Footmob" portalida 7.2 "Flashscore"da esa 6.8 ball etib belgilandi.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" ushbu durangdan so‘ng ochkolari sonini 47taga yetkazib, olib turnir jadvalining ikkinchi o‘rinidan joy oldi.

Kiritildi: 23:53 01.02.2026. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!