Bu haqda The New York Times xabar berdi.
AQSh razvedka tahlilchilari fikriga ko‘ra, so‘nggi yillarda Xitoy yetakchisi Si Jinpin ortiqcha shubhali va xavotirli qarorlar qabul qilmoqda.
The New York Times qayd qilishicha, tahlilchilar buni Xitoy armiyasining yuqori qo‘mondonligi tarkibidagi tozalashlar bilan izohlamoqda.
"Vashingtonda bu vaziyat katta xavotir uyg‘otgan. Chunki Si Jinpin dunyoning eng qudratli armiyalaridan biriga qo‘mondonlik qiladi. AQSh hukumati uchun bu jarayonning sabablari va oqibatlarini tushunish nihoyatda muhim", deyladi xabarda.