Saudiyalik mashhur sport jurnalisti va teleboshlovchi Valid Al Faraj "Al Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning oxirgi vaqtlardagi xatti-harakatlariga keskin munosabat bildirdi.
Jurnalist portugaliyalik yulduz o‘zining maqomini suiiste’mol qilmasligi kerakligini ta’kidladi.
"Ronaldu o‘z o‘rnini bilishi kerak. Bu yer Saudiya Arabistoni, "Ronaldu Arabistoni" emas. U bu yerdagi maoshini Yevropada hech qachon olmagan. U ligani hurmat qilishi yoki ketishi kerak", — deydi Al Faraj.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu so‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) olib borayotgan siyosatdan norozi bo‘lib, "Al Nasr" mashg‘ulotlari va o‘yinlarini o‘tkazib yubormoqda. Agar Krishtianu ligani tark etsa, bu chempionatning nufuzi va marketingiga katta zarba bo‘lishi kutilmoqda.