Ijtimoiy tarmoqlarda "Kiyim-kechak do‘koni reklamasi odob-axloq me’yorlariga mos kelmaydigan tarzda joylanib, milliy va oilaviy qadriyatlarga zid obraz va iboralarda berilgani...” jamoatchilik tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur reklama roligi yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki o‘rganilib, uning mazmun-mohiyati yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan tegishli xulosa olingan.
Taqdim etilgan xulosaga ko‘ra, “LADY EVA” kiyim-kechak savdo do‘konining rasmiy sahifasida (@lady_eva.store) (https://t.me/RaqobatGovUz) joylashtirilgan reklama roligining mazmuni va unda tasvirlangan holatlar axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid ekanligi qayd etilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “LADY EVA” kiyim-kechak savdo do‘konining rasmiy yurituvchisi “Shanazarov Shavkat Shausmanovich” YATTga nisbatan qonun buzilishi holati yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.