Amerikaning F-35S qiruvchi samolyoti USS Abraham Lincoln aviatashuvchisiga yaqinlashgandan so‘ng Eronning uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili kapitan Tim Xokins Fox News nashriga bu ma’lumotni tasdiqladi.
"USS Abraham Lincoln Arab dengizida Eronning janubiy qirg‘og‘idan taxminan 800 kilometr uzoqlikda harakatlanayotgan paytda Eronning "Shahed-139" droni kemaga qarab harakatlanayotgan edi. Xalqaro suvlarda AQSh kuchlari tomonidan ko‘rilgan deeskalasiya choralariga qaramay, u aviatashuvchiga qarab uchishda davom etdi", dedi ofiser.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dron kema va uning xodimlarini himoya qilish uchun o‘zini himoya qilish maqsadida yo‘q qilingan.