Tongga qadar ulfatchilik qilgan 4 nafar erkak uyga qaytayotganda yo‘lni kesib o‘tayotgan qizni ko‘rib qolishgan. Uni onasi non olib kelish uchun do‘konga jo‘natgandi. Erkaklar qizni «tungi klublarda raqsga tushib yuradigan ayol»ga o‘xshatib, majburlab mashinaga mindirishgan hamda olib ketishgan. Maqsadlari u bilan jinsiy aloqa qilish bo‘lgan.
Qiz yig‘lab qarshilik ko‘rsatgan va pulni ko‘rsatib, non olishga ketayotganini aytgan. Erkaklar u bilan jinsiy aloqa qilish niyatida bo‘lishgan, ammo keyin fikrlaridan qaytib, uni o‘g‘irlab ketilgan joyga qaytarib olib borib qo‘yishgan. Sud hukmiga ko‘ra, erkaklardan biri — 5,5 yil ozodlikdan mahrum etilgan, qolgan uch nafariga esa 5 yildan jazo tayinlangan.