Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

"Manchester Yunayted" "Barselona" yulduzi uchun 95 mln yevro tayyorlamoqda

"Manchester Yunayted" "Barselona" yulduzi uchun 95 mln yevro tayyorlamoqda

"Barselona" vingeri Rafinya Diasga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Angliya grandi yozgi transferlar vaqtida braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qizil iblislar" "ko‘k-anorranglilar"ning 29 yoshli yulduzi uchun taxminan 95 mln yevro taklif qilishga tayyor.

Rafinyaning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 80 mln yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda futbolchi Hans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda 13 ta gol va beshta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!