Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Putin iltimosimni bajardi"

"Putin iltimosimni bajardi"

Tramp Putin uning Ukrainadagi energetika ob’ektlariga bir hafta davomida zarba bermaslik haqidagi iltimosini bajarganini aytdi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti ushbu tanaffusdan xursand bo‘lganini bildirdi, biroq energetik sulh muddati tugagach Rossiya Ukraina energetika ob’ektlarga kuchli zarba berganini qo‘shimcha qildi.

29 yanvar kuni Tramp Putindan Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarini bir hafta davomida o‘qqa tutmaslikni so‘ragandi. Kreml bu iltimosni tasdiqlab, Rossiya prezidenti bunga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan.

3 fevralga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududlariga minus 20 daraja sovuqda navbatdagi keng ko‘lamli zarbani amalga oshirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu hujumni "energetika tizimiga qaratilgan maqsadli zarba" deb atab, muzokaralar guruhining faoliyati shunga "moslashtirilishi"ni bildirdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya qisqa muddatli tanaffusdan diplomatik aloqalarni qo‘llab-quvvatlash uchun emas, balki raketalarni jamlab, eng sovuq kunlarni kutish maqsadida foydalangan.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!