Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) Ramazon oyi munosabati bilan Pokistonning turli hududlaridagi 1500 muhtoj oilaga oziq-ovqat yordami yetkazdi.
TİKA xabariga ko‘ra, oziq-ovqat paketlari Ravalpindi, Muridke (Panjob) va Ogi (Xayber Paxtunxva) shaharlaridagi oilalarga tarqatish uchun Pokistonning Bayt-ul-Mal (PBM) xayriya tashkilotiga topshirildi.
Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Irfon Neziro‘g‘li yordam topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Anqara va Islomobod o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik rishtalarini ta’kidladi. U so‘nggi 15 yil ichida TİKA Pokistonda 700 ga yaqin loyihani amalga oshirganini eslatdi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya nafaqat insonparvarlik yordami, balki Pokistondagi ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
PBM bosh direktori Shahin Xalid Butt, pokistonliklar Turkiyaning qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholab, buni ikki davlat o‘rtasidagi chuqur do‘stlikning ifodasi sifatida ko‘rishini aytdi.