Bugun 18 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

"Ozodlik" radiosi yangi homiy topdi

"Ozodlik" radiosi yangi homiy topdi

Evropa Ittifoqi "Ozodlik radiosi"ni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda YEI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Kaya Kallas Bryusseldagi YEI Kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"AQSh moliyalashtirishini yo‘qotish natijasida yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirish uchun mablag‘ ajrata olamizmi? Bu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish qiyin, chunki ko‘plab tashkilotlar bizga xuddi shu muammo bilan murojaat qilmoqda. Biroq vazirlar bu masalani muhokama qilib, yechim topishimiz zarurligini ta’kidlashdi," - dedi u.

Ilgari AQSh prezidenti Donald Tramp sakkizta federal agentlik faoliyatini qisqartirishga qaratilgan farmonni imzolagani ma’lum bo‘lgan edi. Ular orasida butun dunyo bo‘ylab AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan "Amerika ovozi", "Ozodlik radiosi" va boshqa ommaviy axborot vositalarini boshqaradigan agentlik ham bor.

"Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" mediakompaniyasi 2025 yil 1 apreldan boshlab o‘z loyihalarini to‘xtatadi.

Kiritildi: 20:31 17.03.2025. O'qildi: 2320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!