Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Halokat, dahshat, zulmat": ukrainalik jangchilar Sudjadagi so‘nggi kunlar haqida so‘zlab berdi

"Halokat, dahshat, zulmat": ukrainalik jangchilar Sudjadagi so‘nggi kunlar haqida so‘zlab berdi

Ukrainalik askarlar BBCga Rossiyaning Kursk viloyatidan fojiali chekinishlari haqida so‘zlab, bo‘layotgan voqealarni dahshatli filmga o‘xshatishdi. Ular kuchli o‘t ostida, yo‘q qilingan texnika kolonnalari va Rossiya dronlarining uzluksiz hujumlari sharoitidagi halokatli vaziyatni tasvirlab berishdi.

9 mart kuni jangchilardan biri Vladimir (barcha askarlarning ismlari xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zgartirilgan) Sudja shahrida edi. U yerda vahima va front chizig‘ining qulashi boshlangan edi. "Ukraina qo‘shinlari chekinishga urindilar - yo‘ldagi texnika kolonnalari Rossiya dronlari tufayli yonmoqda. Kunduzi harakatlanish mutlaqo imkonsiz," dedi u.

Vladimirning ta’kidlashicha, bir oy oldin Sudjadan Sumi viloyatigacha bo‘lgan yo‘l nisbatan xavfsiz bo‘lgan, biroq 9 martga kelib, u doimiy dushman o‘qlari, ayniqsa dronlar hujumi ostida qolgan. "Bir daqiqada ikki-uchta dronni ko‘rish mumkin. Bu juda ko‘p," deya qo‘shimcha qildi u.

Boshqa bir jangchi Anton 11 martdagi chekinishni "halokat" deb atadi. U Rossiya hozirda havodan aniq zarbalar berish va dronlardan foydalanishda ustunlikka ega ekanligini ta’kidladi. "Logistika endi ishlamayapti. Qurol-yarog‘, o‘q-dori va oziq-ovqat yetkazib berish imkonsiz bo‘lib qoldi," - dedi u va ta’minot yo‘llari to‘sib qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

Anton kechasi Sudjadan piyoda qochishga muvaffaq bo‘ldi va bir necha bor halok bo‘lishiga sal qolganini aytib o‘tdi. "Dronlar tinmay osmonda aylanmoqda." U, shuningdek, o‘z bashoratiga ko‘ra, Kursk viloyatidagi butun Ukraina plasdarmining yo‘qotilishini ta’kidladi, garchi harbiy nuqtai nazardan "Kursk yo‘nalishi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan" bo‘lsa-da.

Yana bir askar Dmitriy chekinishni "dahshatli film sahnasi"ga o‘xshatdi. "Yo‘llar yuzlab vayron qilingan texnikalar va yaradorlar bilan to‘lib ketgan," - dedi u va texnika kolonnalari ortidan Rossiya dronlari ov qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Ammo barcha jangchilar vaziyatni bunday qora bo‘yoqlarda tasvirlamayapti. Ulardan biri operasiya ma’lum yutuqlarga erishganini ta’kidladi - bufer zona yaratilgani tufayli rossiyaliklar Sumiga kira olmayapti.

Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk yo‘nalishida bir kecha-kunduzda 14 ta jangovar to‘qnashuv yuz bergan, Rossiya qo‘shinlari 11 ta aviazarba bergan, 18 ta boshqariladigan bomba va 289 ta artilleriya o‘qidan foydalangan, jumladan 12 marta reaktiv yalpi o‘t ochish tizimlaridan hujum qilgan. E’lon qilingan jang harakatlari xaritasida hududning bir qismi hamon Ukraina qo‘shinlari nazoratida qolayotgani ko‘rinadi.

"Aydar" batalioni rotasining sobiq qo‘mondoni Yevgeniy Dikiy Kursk viloyatida Ukraina va Rossiyaning yo‘qotishlari nisbati Ukraina foydasiga 1 ga 10 ni tashkil etayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:41 17.03.2025. O'qildi: 6448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!