Eron ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, KSIR harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Alirizo Tangsiriyning buyrug‘i bilan mamlakatning janubidagi dengiz va raketa bo‘linmalari "har qanday dushmanlik harakatiga" javob berish uchun to‘liq jangovar holatga keltirildi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining qanotli raketalari 2500 kilometrgacha masofadagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.
O‘tgan hafta AQSh va Isroil harbiy-havo kuchlarining qo‘shma mashqlari ham yaqin kelajakda Eronga qarshi harbiy operasiya rejasi amalga oshirilishi mumkinligidan darak bermoqda.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mashqlar davomida Isroilning F-15I va F-35 Adir qiruvchi samolyotlari Arabiston yarimoroli ustida AQShning B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyotlari bilan birgalikda harbiy manevrlar o‘tkazdi.