Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ukrain harbiylari Rossiya-Ukraina chegarasidagi taxminan 77 kvadrat kilometrlik hududni nazorat qilmoqda.
"Garchi Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatidan chekinishi qisqa fursatda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, harbiy ekspertlar bu Rossiyaning bir necha oydan buyon davom etgan hujumlari va bombardimonlari natijasi ekanligini ta’kidlashmoqda. Ushbu hujumlar ukrain pozisiyalarini asta-sekin zaiflashtirib, ta’minot yo‘llarini uzib qo‘ygan va oxir-oqibat qo‘shinlarni ortga chekinishga majbur qilgan", — deb yozadi The New York Times.